» » Turkiyada WSJ jurnalisti kurdlar haqidagi maqolasi uchun ikki yillik qamoqqa hukm qilindi

Turkiyada WSJ jurnalisti kurdlar haqidagi maqolasi uchun ikki yillik qamoqqa hukm qilindi


Turkiya sudi finlyandiyalik jurnalist ayol Aylu Olbayroq The Wall Street Journal gazetasida chiqargan kurdlar haqidagi maqolasi tufayli ikki yillik qamoqqa hukm qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Olbayroq Finlyandiya fuqarosi hisoblanadi. Unga Turkiyada terrorchilik targ‘iboti aybi qo‘yildi. Hozirda u Nyu-Yorkda turibdi, deb xabar qildi Finlyandiyaning Yle teleuzatish tarmog‘i.

“Turkiyadagi dahshatli vaziyatni inobatga olsak, sud qarori meni hayratga solmasligi kerak, lekin baribir bu kutilmagan qaror bo‘ldi” — deb bunga izoh berdi ayolning o‘zi.

Uning fikricha, sud hukmi hatto chet el matbuoti ham Turkiyada bosim ostida bo‘lishini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, The Wall Street Journal bosh muharriri Jerard Beyker ayblovlar asossizligini ta’kidlab o‘tdi.

Turkiyada Yevroittifoq vakili bo‘lgan jurnalistga nisbatan birinchi marta bu kabi hukm o‘qilishi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют