» » Poroshenko: Ukraina yadroviy qurolni qaytarib olmaydi

Poroshenko: Ukraina yadroviy qurolni qaytarib olmaydi


Ukraina yadroviy salohiyatini qayta tiklashga harakat qilmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko 11-oktabr kuni Strasburgda o‘tgan PASЕ yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Qrimning noqonuniy anneksiyasidan so‘ng Rossiya tizimni butunlay barbod qildi. Bundan tashqari, Rossiya Budapesht memorandumi doirasida Britaniya, AQSh, Fransiya va Xitoy bilan birga bizning suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimiz kafili edi, o‘shanda Ukraina kattalik jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan yadroviy arsenalini topshirgan edi. Agar biz uni bervormaganimizda, Rossiya bizga hujum qilardi deb o‘ylaysizmi? Albatta yo‘q”, — ma’lum qildi prezident.

Uning so‘zlariga qaraganda, shunga qaramay, Ukraina yadroviy maqomni qaytarishga urinmaydi.

“Aksincha, yuiz yadroviy qurol tarqatmaslik tizimi global xavfsizlikka yo‘l deb hisoblaymiz. Shu bois bizga jahonda birdamlik kerak”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 11) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют