» » HBO “Taxtlar o‘yini”ning yangi mavsumini favqulodda choralar yordamida himoya qiladi

HBO “Taxtlar o‘yini”ning yangi mavsumini favqulodda choralar yordamida himoya qiladi


HBO telekanali fentezi janridagi “Taxtlar o‘yini” serialining navbatdagi mavsumiga oid tafsilotlar va materiallar tarmoqqa chiqib ketishining oldini olish uchun favqulodda choralar ko‘rishga tayyor. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Forbes nashriga ko‘ra, yakuniy qismlar ssenariylari “qulf ortida” saqlanadi, aktyorlar rollari bilan faqat loyihaning Belfastdagi studiyasida tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ssenariyning raqamli nusxasiga ega bo‘lish uchun maxsus avtorizatsiyadan o‘tish talab etiladi.

Shuningdek, televizion shou yaratuvchilari syomka maydoniga kirishga yoki u yerga dron yo‘llashga urinadigan paparassilarga qarshi jiddiy kurashish niyatida.

Serialning yettinchi mavsumi xakerlar hujumi tufayli qator qiyinchiliklarga uchradi. Jumladan, ayrim qismlar ssenariylari muddatidan oldin tarmoqqa chiqarib yuborildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют