» » Ispaniya bosh vaziri Kataloniyaga vaziyatni oydinlashtirish uchun besh kun muxlat berdi

Ispaniya bosh vaziri Kataloniyaga vaziyatni oydinlashtirish uchun besh kun muxlat berdi


Kataloniya rahbari Karles Puchdemon 16-oktabrga qadar mintaqaviy hokimiyat imzolagan mustaqillik deklaratsiyasi bilan bog‘liq vaziyatni oydinlashtirishi lozim. Bu haqda Ispaniya hukumati raisi Mariano Raxoy deputatlar kongressidagi chiqishida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Puchdemon 16-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da tugaydigan muxlat ichida vaziyatni oydinlashtirishi lozim, — dedi bosh vazir. — Javob tasdiqlovchi javob bo‘lsa yoki javob bo‘lmasa, Puchdemon mustaqillik deklaratsiyasini bekor qilishi lozim”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, deklaratsiyani bekor qilish uchun 19-oktabrgacha muxlat beriladi.

10-oktabr kuni kechki soatlarda Kataloniya ijro hokimiyati — Jeneralitetning Twitter’dagi sahifasida chiqqan e’longa ko‘ra, mintaqaviy hukumat rahbari Karles Puchdemon, uning o‘rinbosari Oriol Junkeras, parlament spikeri Karme Forkadel va 135 deputatdan 72 nafari mustaqillik deklaratsiyasini imzolagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 7) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют