» » Zangiotada o‘zi ijarada turgan uy egasining 22 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan kishi qo‘lga olindi

Zangiotada o‘zi ijarada turgan uy egasining 22 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan kishi qo‘lga olindi


Zangiota tuman IIBga Toshkent shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan Ahror Sattorov ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, joriy yilning 25-sentabr kunidan 2-oktabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, mazkur fuqaroning Xonobod qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan qo‘yxonasidan umumiy narxi 18 million so‘m bo‘lgan 22 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Ahror Sattorovning uyida ijarada yashayotgan andijonlik fuqaro, 1972-yilda tug‘ilgan To‘lqinjon Tolmasov sodir etganligi va u qo‘ylarni sotib yuborganligi aniqlandi.

To‘lqinjon Tolmasov qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida qo‘ylar olinib, egasiga qaytarildi.

Jabrlanuvchining ismi va familiyasi o‘zgartirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 01:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют