» » Shayxontohur tumani hududi tezkor tadbir davomida 9 tonna chiqindidan tozalandi

Shayxontohur tumani hududi tezkor tadbir davomida 9 tonna chiqindidan tozalandi


O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mitaning axborot xizmatiga tayanib, Uz24 ma’lum qildi.

Tezkor tadbir chog‘ida tumanning “Chaqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Beshyog‘och va Yalonkor berk ko‘chalari yonida, kollektor suvlari oqib o‘tuvchi ariq bo‘ylarida aholi tomonidan tashlangan shox-shabba va maishiy chiqindilar uyumi aniqlandi.

“Chaqar” MFY ga qarashli hududdagi ikkita noqonuniy chiqindixona bartaraf etilib, qariyb to‘qqiz tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Kollektor suvlari oqib o‘tuvchi ariqning qirg‘oq bo‘ylari chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda “Shayxontohur-Maxsustrans” korxonasi tomonidan o‘rnatilgan yakka tartibdagi konteynerlar hududdagi aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Beshyog‘och va Yalonkor berk ko‘chalarida yashovchi aholi hamda “Chaqar” MFY faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют