» » Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston hukumatiga Qirg‘iziston bilan chegaradagi barcha muammolarni yechishni topshirdi

Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston hukumatiga Qirg‘iziston bilan chegaradagi barcha muammolarni yechishni topshirdi


Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston hukumatiga chegarada yuzaga kelgan barcha muammolarni yechishni topshirdi, deb yozadi KNews Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatiga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov avvalroq Oliy Yevrosiyo iqtisodiy forumi majlisidagi ishtiroki doirasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan o‘zaro gaplashib olgan va uni Qirg‘iziston-Qozog‘iston davlat chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan xabardor qilgan.

Nashr eslatishicha, 10-oktabr kuni Qozog‘istonga yo‘l olgan Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan o‘tish vaqtida paydo bo‘lgan muammolardan shikoyat qilishni boshlagandi. 11-oktabr, chorshanba kuni erta tongdan “Ak Jol”, “Ak-Tilek” va “Chaldovar” nazorat-o‘tkazish punktlarida avtomobil tirbandliklari kuzatilmoqda. Odamlar 10—12 soatlab chegaradan o‘ta olmayapti.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют