» » Gorbachyov Tramp va Putinni yadro quroli masalasini muhokama qilishga chaqirdi

Gorbachyov Tramp va Putinni yadro quroli masalasini muhokama qilishga chaqirdi


Sobiq ittifoq sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampni to‘liq formatda uchrashuv o‘tkazib, yadro qurol-yarog‘larini qisqartirish va strategik barqarorlikni mustahkamlashni muhokama qilishga da’vat etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Men oliy darajadagi to‘la-to‘kis, to‘liq formatdagi Rossiya-Amerika uchrashuvini tayyorlashga va o‘tkazishga chaqiraman. Yadro davlatlari prezidentlari allaqanday sammitlar doirasida uchrashishi butunlay nomaqbul — va bu ham atigi bir martagina bo‘lgan. Umid qilamanki, haqiqiy sammitga tayyorgarlik jarayoni olib borilmoqda”, — dedi u.

Sobiq siyosatchi ta’kidlashicha, agar O‘rta va kichik masofali raketalarni yo‘q qilish shartnomasini qutqarib qolishga erishilsa, bu butun dunyo uchun eng yirik yadro davlatlari o‘z mas’uliyatini tushunib, unga jiddiy yondashishi haqidagi signal bo‘ladi.

“Hamma xotirjamroq nafas oladi, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi aloqalar esa, nihoyat, to‘xtab qolgan joyidan siljiydi”, — deya xulosa qildi Gorbachyov.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют