» » Yuridik shaxslarning ustav fondiga chet el valyutasi cheklovsiz kiritiladi

Yuridik shaxslarning ustav fondiga chet el valyutasi cheklovsiz kiritiladi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakat hududida yuridik shaxslarning ustav fondini (ustav kapitalini) chet el valyutasida shakllantirish bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra, jamiyatlarning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi o‘rnatib qo‘yilgan.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga binoan xo‘jalik shirkati yoki jamiyatining mol-mulkiga pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar hissa sifatida qo‘shilishi mumkin.

“Shu munosabat bilan, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) pul mablag‘larini milliy va chet el valyutasida, naqd va naqdsiz shaklda hech qanday cheklovlarsiz kiritish mumkinligini ma’lum qiladi”, — deyiladi xabarda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют