» » Norvegiya — daraxtlarni kesishdan bosh tortgan dunyodagi birinchi mamlakat

Norvegiya — daraxtlarni kesishdan bosh tortgan dunyodagi birinchi mamlakat


Ko‘p yillardan buyon Norvegiya o‘rmonlarni asrash bo‘yicha izchil siyosat olib bormoqda, deb yozadi National Geographic.

2015-yilda mamlakat Braziliyaga 1 milliard dollar yo‘naltirdi, u yerda Amazonka tropik o‘rmonlarining qariyb 60 foizi o‘sadi. 2011—2015-yillarda esa Norvegiya Gayanaga 250 million dollar ajratdi.

Uch yil avval Norvegiya Buyuk Britaniya va Germaniya bilan butun dunyo bo‘ylab o‘rmonlarni kesish hajmini kamaytirishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish haqida kelishib oldi, endi esa mamlakatda rasman iqtisodiyotning ushbu sohasiga “nol chidamlilik” siyosati olib borilmoqda. Xususan, bu yerda “daraxtlardan olingan” mahsulotlar sotib olinmaydi. Qog‘ozni allaqachonlardan buyon chiqindilarni qayta ishlash yo‘li bilan ishlab chiqarish mumkin, yoqilg‘i va qurilish materiallarini olish uchun esa boshqa ko‘plab manbalar mavjud, palma yog‘ining zarurati esa o‘ta shubhali.

Bundan tashqari, davlat pensiya fondi o‘z portfelidan o‘rmon dahalariga zarar yetkazadigan sellyuloza-qog‘oz, ko‘mir va boshqa kompaniyalar aksiyalarini chiqarib tashladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют