» » Frankfurt-Maynda Gyote minorasi yonib ketdi

Frankfurt-Maynda Gyote minorasi yonib ketdi


12-oktabr, payshanbaga o‘tar kechasi Frankfurt-Maynda (Germaniya janubi) balandligi 43 metr bo‘lgan yog‘ochdan ishlangan Gyote minorasi yonib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

1931-yilda qurilgan kuzatuv maydonchasi shaharning eng mashhur binolaridan biri edi va mamlakatning eng baland yog‘och minoralari beshligiga kirardi.

“Zaksenxauzendagi Gyote minorasi olov ichida qoldi. Afsuski, uni qutqarib bo‘lmaydi”, — deyiladi shahar o‘t o‘chirish xizmatining Twitter’dagi sahifasida. O‘t o‘chiruvchilar olov yaqin atrofda joylashgan kafega tarqalishi oldini olishga urinayotganligi ta’kidlanmoqda.

DPA agentligining ma’lum qilishicha, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan vaqtda olov butun minorani o‘rab olgan, u qisman qulagan. Yong‘inni Germaniya moliyaviy markazining ko‘plab tumanlaridan ko‘rish mumkin edi. Yong‘in sabablari noma’lum.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют