» » Mirzo Ulugbek Innovation Center va Innopolis universiteti o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Mirzo Ulugbek Innovation Center va Innopolis universiteti o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi


Informatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq qilishni qo‘llab-quvvatlash innovatsion markazi Mirzo Ulugbek Innovation Center va Innopolis universiteti (Tatariston) 2017-yilning 11-oktabrida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Hujjatni Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori Xurshid Sultonov va Innopolis universiteti direktori Kirill Semenixin imzoladi.

Innopolis universiteti informatsion texnologiyalar va robototexnika sohasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan.

Tomonlar hujjat doirasida innovatsion loyihalar, ilmiy ishlanmalar, yuqori texnologik markazlar yaratish va rivojlantirish, texnoparklarni boshqarish, biznes-inkubator, akselerator va kovorkinglarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, tomonlar tashkilotlarning mahsulotlari va ishlanmalarini ichki va tashqi bozorlarda birgalikda ilgari surishni rejalashtirmoqda.

Mirzo Ulugbek Innovation Center va Innopolis universiteti innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish uchun ijobiy muhitni shakllantirish mexanizmlari bo‘yicha tajriba almashadi.

Hujjat bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Tataristonga tashrifi doirasida imzolandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют