» » Apple egiluvchan iPhone yaratish uchun LG bilan hamkorlikni boshladi

Apple egiluvchan iPhone yaratish uchun LG bilan hamkorlikni boshladi


Apple egiluvchan iPhone yaratish loyihasi doirasida LG Display bilan hamkorlikni boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

AQSh kompaniyasi Janubiy Koreyadagi raqobatchisi tomonidan texnik ma’lumotlardan foydalanish ehtimolidan cho‘chib, Samsung bilan ishlashni ma’qul ko‘rmadi. Hozirda Samsung ham o‘zining egiluvchan smartfonini yaratish ustida ishlamoqda.

LG Display Apple uchun egiluvchan OLED-ekranlar ishlab chiqaradigan maxsus guruh tuzdi. Smartfonlarning boshqa qismlarini ishlab chiqish bilan LG Innotek shug‘ullanadi.

Anonim manbalar Apple uchun egiluvchan displeylar ishlab chiqarish 2020-yildan boshlanishini bildirmoqda. Samsung esa o‘z egiluvchan smartfonini kelgusi yili taqdim etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют