» » O‘zbekistonda IELTS topshirish narxi oktabrda birdaniga 650 ming so‘mga oshdi. Lekin bunga Kembrij universitetining aloqasi yo‘q

O‘zbekistonda IELTS topshirish narxi oktabrda birdaniga 650 ming so‘mga oshdi. Lekin bunga Kembrij universitetining aloqasi yo‘q


IELTS — International English Language Testing System — ingliz tili bo‘yicha eng mashhur test imtihoni bo‘lib, har yili jahon bo‘ylab 3 milliondan ziyod kishi IELTS topshiradi. IELTS’dan olingan yaxshi baho — imkoniyatlar eshigiga haqiqiy kalit: abituriyent xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinishi, chet elga ketish niyatida fuqaroning viza olishi osonlashishi mumkin va hokazo.

IELTS imtihoni — pulli. Uning qiymati Kembrij universiteti tomonidan belgilanadi va bir kishi uchun 120 funtni tashkil etadi. O‘zbekistonda IELTS imtihonlari Britaniya Kengashi vakolatxonasi tomonidan o‘tkaziladi va u imtihon haqini Markaziy bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mda qabul qiladi.

O‘zbekistonda 5-sentabrdan erkin konvertatsiya joriy etildi — so‘m, masalan, dollarga nisbatan salkam ikki barobar qadrsizlandi: 29-avgustdagi kurs bo‘yicha 1 AQSH dollari qiymati 4210 so‘m 35 tiyinni tashkil etgan bo‘lsa, 5-sentabrdan 8100 so‘m etib belgilandi.

Erkin konvertatsiya to‘g‘risidagi Prezident farmoni 2-sentabr kuni e’lon qilindi va bu holat ko‘pchilikni shoshiltirib qo‘ygani rost. Masalan, mobil aloqa operatorlari hali ham 4210 so‘mlik kurs bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda; GM Uzbekistan o‘z avtomobillari narxini dollarning rasmiy kursiga “bog‘lash”ni to‘xtatdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi xorijiy OTMlarda o‘qish narxi endi qanday bo‘ladi?

Britaniya Kengashi ham 5-sentabrdan 1-oktabrga qadar IELTS imtihoni uchun to‘lovni Markaziy bankning 29-avgustdagi kursi bo‘yicha qabul qilishda davom etdi. Biroq 1-oktabrdan imtihon narxi so‘mda o‘zgardi — Britaniya Kengashi saytida yozilishicha, imtihon narxi oktabr oyi oxiriga qadar 1 296 000 so‘mni tashkil etadi (kursning o‘zgarishiga qarab, noyabrda narx yana o‘zgarishi mumkin).

Shunday qilib, imtihon narxi so‘mda salkam ikki barobar oshdi — sentabrda 650 ming so‘m atrofida bo‘lgan to‘lov oktabrda salkam 1,3 million so‘mni tashkil etmoqda. Biroq Kembrij universiteti belgilagan narx — 120 funt o‘zgarishsiz qolgan. Shunchaki, dollar bilan birga funtning kursi ham ikki barobarga yuqoriladi — 29-avgust kuni 5425 so‘m 4 tiyin bo‘lgan Britaniya puli 5-sentabrdan keyin 10 495 so‘m 17 tiyindan oshsa oshyaptiki, undan pastga tushayotgani yo‘q.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют