» » Germaniyada o‘t o‘chiruvchilar brigadasini panjaraga tiqilib qolgan tipratikanni qutqarish uchun yordamga chaqirishdi

Germaniyada o‘t o‘chiruvchilar brigadasini panjaraga tiqilib qolgan tipratikanni qutqarish uchun yordamga chaqirishdi


Germaniyaning Bonn shahri aholisi futbol maydoni chetiga o‘rnatilgan panjaraga tiqilib qolgan tipratikanni qutarish uchun o‘t o‘chiruvchilar brigadasini yordamga chaqirishdi. Hasharotxo‘r temir keskich yordamida chiqarib olindi. Tipratikanga hech qanday jarohat yetmagan, biroq u “yaxshigina charchagan”, deb xabar berdi TJournal.

Hodisa 5-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Ozod etilgan tipratikanni mahalliy aholi o‘zlarining bog‘iga, barglar ostida dam olib o‘ziga kelib olishi uchun olib ketishgan. Kechga yaqin u qo‘yib yuborilgan.

Tipratikanlar bo‘yicha ekspert Tinus Xabichning aytishicha, tipratikanlar yemish qidirishda ko‘pincha o‘zining hid bilish qobiliyatiga ishonib turli joylarga, jumladan, trublarga ham tiqilib qolishadi.

Tipratikanlar yemish hidini sezganida yana nimani ham o‘ylar olardi. Ular xavfni o‘ylamaydi va shu sababli noxush vaziyatga tushib qoladi.

Tipratikanlar orqaga qarab yura olmaydi, ularning umurtqasi shunday tuzilgan, shu sababli men trubalarga tiqilib qolgan tipratikanlarni ko‘p uchrataman. Men odamlarga shu turdagi joylarga kirishni yopib qo‘yishlarini maslahat bergan bo‘lardim.

Tinus Xabich, tipratikanlar bo‘yicha ekspert

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют