» » 1154 turdagi import bojlarining stavkalari pasaytirildi

1154 turdagi import bojlarining stavkalari pasaytirildi


O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi № PQ-3303 farmoniga asosan bojxona bojlari uchun yangi stavkalar tasdiqlangan. Hujjat joriy yilning 1-oktabridan kuchga kirgan.

Bundan avvalgi stavkalar (2009-yildagi PQ-1169, 2011-yildagi PQ-1560) bekor qilingan. Natijada barcha import bojxona bojlarining stavkalari yagona hujjatga birlashtirildi.

Norma ushbu hujjatning eski va yangisini o‘zaro taqqosladi.

Birinchidan, stavkalarning sezilarli qismi “nolga tushirildi”: 579 turdagi tovarlar, bu esa yangi stavkalar umumiy miqdorining taxminan 33 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ko‘plab stavkalar pasaytirilgan: 575 turdagi tovarlar, bu 32,8 foiz demakdir.

Ikkinchidan, 278 turdagi tovarlarning, ya’ni 15,8 foiziga yaqinining stavkalariga o‘zgartirish kiritilmadi. Avval amalda bo‘lgan alohida stavkalarga (44 turdagi tovar, 2,5 foiz) aniqlik kiritildi, aynan, ularga pastki chegaralar belgilandi.

Uchinchidan, yangi stavkalar paydo bo‘ldi (273 turdagi tovarlar, 15,5 foiz). Ko‘rsatilgan tovarlarga endilikda bojxona boji ham to‘lanadi. Biroq ular orasida nol qiymatidagi stavkalar ham ko‘p.

To‘rtinchidan, faqatgina 7 ta pozitsiyada (umumiy qiymatning 0,4 foizi) kichik o‘sishlar sodir bo‘ldi.

Avvalgi hujjatlardagi boshqa stavkalar bekor qilindi va boshqa qo‘llanilmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют