» » Koreyaliklar Gangnam Style qo‘shig‘iga atab o‘rnatilgan haykalni “o‘ta xunuk” deb atashdi

Koreyaliklar Gangnam Style qo‘shig‘iga atab o‘rnatilgan haykalni “o‘ta xunuk” deb atashdi


Janubiy Koreya aholisi Gangnam Style qo‘shig‘iga atab o‘rnatilgan haykalni keskin tanqid qilishni davom etmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

O‘zaro birlashgan ulkan qo‘llarni ifoda etgan haykal loyihasi avval boshidanoq yaxshi kutib olinmagandi. Unga hatto qo‘shiq muallifi PSY ham qarshi chiqqan. Shunga qaramay, 2016-yilda haykal Suelning COEX savdo-ko‘rgazma markazi yoniga o‘rnatilgan edi.

Oradan bir yarim yil vaqt o‘tgan bo‘lsada, koreyaliklar hamon ushbu haykal borasida noroziliklarini bildirmoqda. Ko‘pchilik uni juda xunuk va asossiz qimmat deya hisoblaydi. “400 million von (353 ming dollar) sarflangan Gangnam Style haykali juda xunuk ko‘rinishga ega”, — deb yozadi Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Haykal faqatgina turistlar orasida mashhurlikka ega. Liam Gallaxer hamda Coldplay guruhining musiqachilari haykal fonida suratga tushish uchun ataylab uning oldiga borishgan. “Biz Koreyadagi eng yaxshi narsani topdik”, — deb yozadi amerikalik Jonan Sheffler.

Janubiy koreyalik reper PSY o‘zining Gangnam Style klipini e’lon qilganidan so‘ng, uni ikki oy ichida 100 millionga yaqin odam tomosha qilgan. Besh yil davomida klip 2,9 milliard marotaba tomosha qilingan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют