» » Dubay politsiyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan uchar mototsiklini sinovdan o‘tkazmoqda (video)

Dubay politsiyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan uchar mototsiklini sinovdan o‘tkazmoqda (video)


Amirlik politsiyasi o‘z xodimlari uchun yangi transport vositasi — uchar mototsiklni joriy qilish ishlarini “cho‘zmayapti” va oktabr oyida bo‘lib o‘tayotgan Gitex 2017 texnologik ko‘rgazmasida namoyish etilgan mahsulotni faol ravishda “sinovdan o‘tkazmoqda”, deb xabar berdi UAE Inside.

Qurilma Rossiyaning Hoversurf kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dubay politsiyasidan buyurtma olingach, mototsiklning favqulodda vaziyatlar uchun maxsus modeli yaratilgan edi.

Qurilma to‘liq og‘irlik bilan (300 kilogramm) 5 metr balandlikda soatiga 42 kilometr tezlikda 25 daqiqa ucha oladi. Bundan tashqari, mototsikl mutlaqo elektr energiyasida ishlovchi kopterlar konstruksiyasi tamoyiliga asoslangan.

Dubay politsiyasi o‘z saflarini ushbu turdagi mototsikllar bilan 2020-yilga qadar jihozlashni rejalashtirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют