» » Antarktida muzliklarida Amerikaning Men shtatichalik keladigan teshik paydo bo‘ldi

Antarktida muzliklarida Amerikaning Men shtatichalik keladigan teshik paydo bo‘ldi


Antarktida hududida Shimoliy Amerikadagi Yuqori ko‘l yoki Amerikaning Men shtati (90 ming kvadrat kilometr atrofida) kattaligicha keladigan teshik paydo bo‘ldi. Bu haqda Motherboard nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Toronto universitetining fizika atmosferasi mutaxassisi, professor Kent Murning so‘zlariga ko‘ra, u xuddi “muzni ataylab teshgandek” ko‘rinishga ega.

Odatda bu turdagi teshiklar Antarktidaning sohilbo‘ylarida hosil bo‘ladi, biroq ushbu holatda u “noma’lum jarayonlarga ko‘ra” muzlik chetidan yuzlab kilometr narida paydo bo‘lgan.

“Agarda sun’iy yo‘ldoshimiz bo‘lmaganida, biz uning mavjudligini bilmagan bo‘lardik”, — deya ta’kidlaydi Mur.

Professorning qo‘shimcha qilishicha, 1970-yillar taxminan ushbu joyda, Ueddella dengizi atrofida shu turdagi teshik paydo bo‘lgan. Biroq texnik vositalarning yo‘qligi sabab olimlar uni yaxshi o‘rgana olmagan. Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda “u yana qaytgan”.

Mur va uning hamkasblari sun’iy yo‘ldoshlar hamda suv ostida tadqiqot o‘tkazishga mo‘ljallangan robotlar yordamida 1970-yilda paydo bo‘lgan masalaning yechimini topish niyatida: olimning takidlashicha, hozirda ularda anchagina ma’lumot mavjud.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют