» » Walmart kompaniyasi xo‘jayinlarining boyligi bir kunda 5 milliard dollarga ortdi

Walmart kompaniyasi xo‘jayinlarining boyligi bir kunda 5 milliard dollarga ortdi


Walmart kompaniyasi asoschisining asosiy merosxo‘rlari hisoblanmish Uolton oilasining besh nafar a’zosini boyligi 5 milliard dollarga ortdi, deb xabar berdi “Forum Daily”.

Bunga kelgusi yilda Walmart’ning onlayn savdosi 40 foziga oshadi, deya e’lon qilingan bashoratdan so‘ng, kompaniya aksiyasi narxining 4,5 foizga o‘sishi sabab bo‘ldi.

Aksiyalar narxining o‘sishi to‘xtaganidan so‘ng, Rob, Jim, Elis, Kristi hamda Lukas Uoltonlarning umumiy boyligi 140 milliard dollarni tashkil etgan.

10-oktabr kuni, Walmart asoschisining katta o‘g‘li Rob Uoltonning boyligi 40,5 milliard dollarni tashkil etib, uni dunyodagi eng boy insonlar ro‘yxatining 16-pog‘onasiga olib chiqqan. Elis Uoltonning boyligi esa 39,2 milliar dollarni tashkil etib, uni dunyodagi eng boy ikkinchi ayolga aylantirgan.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, Walmart kelgusi yilda o‘zlarining oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari sonini ko‘paytiradi va ta’kidlanishicha, savdo hajmi 3 foizdan ortiqroqqa ko‘tarilishi mumkin.

11-oktabr kuni Walmart aksiyalarining narxi yana 1,5 foizga qimmatlashdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют