» » Vyetnamdagi suv toshqinlari oqibatida kamida 40 kishi vafot etdi

Vyetnamdagi suv toshqinlari oqibatida kamida 40 kishi vafot etdi


Vyetnamning markaziy va shimoliy qismida kuzatilayotgan suv toshqinlari oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi va 22 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Suv toshqinidan Txanxoa va Ngean, shuningdek mamlakat shimolidagi Shonla, Xoabin, Yenbay provinsiyalari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Mazkur hududlarda 1,2 mingta uy vayron bo‘lgan, avtomobil yo‘llari buzilgan.

Minglab mahalliy aholi vakillari o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Ayrim tumanlarda qishloq xo‘jalik ekinlariga katta zarar yetgan, elektr va aloqa tarmoqlari ishdan chiqqan. Sel kelishi xavfi tufayli poyezdlar harakati ham cheklangan.

Zarar ko‘rgan provinsiyalarda keng ko‘lamli qayta tiklash ishlari boshlab yuborilgan.

Vyetnam bosh vaziri Nguen Suan Fuk 12-oktabr kuni suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlardan birini borib ko‘rdi va mahalliy amaldorlarga hududlarda nazoratni kuchaytirish hamda qishloqlarga avvalgidek hayot tarzini qaytarish uchun keng chora-tadbirlarlar ko‘rish topshirig‘ini berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют