» » Qirg‘izistonning Qozog‘iston bilan chegarasidagi vaziyat o‘zgarishsiz qolayotgani bildirildi

Qirg‘izistonning Qozog‘iston bilan chegarasidagi vaziyat o‘zgarishsiz qolayotgani bildirildi


Qirg‘iziston hukumatining Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston bilan chegaradagi muammoli masalalarni hal etishni va’da qilgani haqidagi bayonotiga qaramay, asosiy nazorat-o‘tkazish punktlaridagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Bu haqda K-News ma’lum qildi.

12-oktabr, payshanba kuni Qirg‘iziston davlat chegara xizmati payshanbaga o‘tar kechasi Qozog‘iston fuqarolarni chegaradan o‘tkazish jarayonini tezlashtirganini bildirdi, biroq ertalabga kelib, avtomobil va odamlar tirbandigi bilan bog‘liq vaziyat, jumladan, “Ak Jol avtoyo‘l” nazorat-o‘tkazish punktida takrorlandi.

“Hozirda transport vositalari va yuklar soni kamaygan, biroq qozoq tomonidan tutib turishlar tufayli yuk oqimi ko‘payishi kutilmoqda. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati bo‘linmalari kuchaytirilgan tartibda ishlashda davom etmoqda”, — deyiladi xizmat matbuot xizmati xabarida.

Qozog‘iston hukumati sayti Qirg‘iziston bilan chegaradagi kuchaytirilgan nazorat tartibi bo‘shashtirilishiga tegishli hech qanday hujjat e’lon qilmadi. Bunday ma’lumot Qozog‘iston prezidenti saytida ham yo‘q. Shunday holatni Qozog‘iston TIV, IIV, Mudofaa vazirligi va Chegara xizmati saytlarida ham kuzatish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют