» » Toshkent yuridik kolleji sobiq direktoriga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U besh yilga qamalishi mumkin

Toshkent yuridik kolleji sobiq direktoriga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U besh yilga qamalishi mumkin


Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i B.Dehqonov ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, shahar prokuraturasi tomonidan Natalya Temirova hamda boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

167-moddaning 2-qismi “g” bandiga ko‘ra, aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa — ayblanuvchi eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorida jarima yoki 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oktyabr oyi boshida markaziy televideniye orqali Toshkent yuridik kollejidagi ahvolga bag‘ishlangan ko‘rsatuv efirga uzatilgan, u jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan edi. Unda, xususan, kollej o‘quvchilarining tartibsizliklari va axloqsizliklari ham ko‘rsatilgan.

6-oktabr kuni esa mazkur kollej hududida jinoyat sodir bo‘ldi. 3-kurs talabalari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, Saidkamron Saidvohidov o‘zining ikki kursdoshi — Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyevga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Hodisa oqibatida Parpiboyev vafot etgan, Yorqoriyevga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

7-oktabr kuni esa kollej direktori Natalya Temirova o‘z lavozimidan ozod etildi. Uni lavozimidan ozod etishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident devoni, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul rahbar xodimlari ham qatnashgan.

Temirova xonimni iste’foga chiqarish arafasida kollej o‘qituvchilarining murojaati asosida tashkil etilgan xizmat tekshiruvi davomida u direktor sifatida kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urug‘chilikka, xodimlarni ishga qabul qilishda ta’magirlikka yo‘l qo‘ygani, bitiruvchilarga diplom berishda qonunchilik talablari buzgani aniqlangan, shuningdek, kollej mehnat jamoasi o‘rtasida guruhbozlik va nosog‘lom muhit shakllangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kollejga 7-oktabrdan beri Vosit Ergashev direktorlik qilmoqda. U 1978-yil Samarqand viloyatida tavallud topgan. Bungacha Toshkent yuridik universitetida prorektor, keyinroq kafedra mudiri sifatida ishlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют