» » Toshkent viloyati bojxonachilari qariyb 14 million so‘mlik qorako‘l terilarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ydi

Toshkent viloyati bojxonachilari qariyb 14 million so‘mlik qorako‘l terilarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘ydi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksi xodimlari qorako‘l terilarini noqonuniy ravishda olib chiqishga uringan shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘shni davlatga yo‘l olgan poytaxtlik A.Ziyamuhammedov bojxona nazoratidan o‘tish davomida yonida ortiqcha buyumlar yo‘qligini ma’lum qiladi. Ammo, unga tegishli yuklar nazorat-rentgen apparatidan o‘tkazilganda bojxona xodimlarida shubha tug‘ilgan.

Shundan so‘ng ushbu yuklar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ham ma’lum qilmasdan turib, 20 dona qorako‘l terilarini yashirin ravishda olib chiqishga uringani aniqlangan.

Shuningdek, ayni shu kuni poytaxtlik yana bir shaxs T.Majidovning ham xuddi shunday urinishiga chek qo‘yildi. Ushbu shaxs ham bojxona nazoratidan chetlab o‘tib, 25 dona qorako‘l terilarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan paytda to‘xtatib qolingan.

Oliy navli ushbu qorako‘l terilarining umumiy bahosi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 13,5 million so‘mni tashkil qiladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют