» » Nazarboyev Qirg‘izistonda muxolifatdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlaganini inkor qildi

Nazarboyev Qirg‘izistonda muxolifatdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlaganini inkor qildi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘izistondagi prezident saylovida muxolifatdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlaganini inkor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Buning bari yolg‘on”, — dedi u.

Muqaddam Qirg‘iziston TIV Qozog‘istonga e’tiroz notasini yo‘llagan edi. Nazarboyev Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod O‘murbek Babanov bilan uchrashganini amaldagi hukumat respublika ichki ishlariga aralashuv sifatida baholagan edi.

Notaga yo‘llangan javobda Qozog‘iston tomoni avgust oyida Nazarboyev hukmron sotsial-demokratik partiya nomzodi Sooronbay Jeenbekov bilan ham uchrashganini, ammo rasmiy Bishkek bunga salbiy munosabat bildirmaganini eslatib o‘tdi.

Babanov va Jeenbekov 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda asosiy nomzodlar hisoblanmoqda. Jami prezidentlikka 12 kishi da’vogarlik qilmoqda. Amaldagi prezident Almazbek Atambayev nomzodini ko‘rsata olmaydi, negaki qonun bu lavozimni olti yillik bir muddatdan ko‘proq egallab turishni taqiqlaydi.

Ayni paytda Atambayev prezidentga xayrixoh partiya nomzodi bo‘lmish Jeenbekovni qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют