» » Jasur Ibrohimov ishida paydo bo‘lgan Zemfira, Yoshlar ittifoqining 10 mln so‘mlik logotipi, YuNЕSKOni tark etayotgan AQSh va kunning boshqa muhim xabarlari

Jasur Ibrohimov ishida paydo bo‘lgan Zemfira, Yoshlar ittifoqining 10 mln so‘mlik logotipi, YuNЕSKOni tark etayotgan AQSh va kunning boshqa muhim xabarlari


12-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Vladivostokdagi YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Shuningdek, 6-oktabr kuni Vladimirda YTHga uchragan o‘zbekistonlik yo‘lovchilarning Rossiyaga olib kirilishini tashkil etgan shaxs hibsga olindi.

2. Kutib oling: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi logotipi. U 10 million so‘mga chizilgan (foto). Logotip haqidagi tanlov ancha avval e’lon qilingan bo‘lsa-da, g‘olib nomi ko‘rsatilmayotgan edi. Tashkilotning izohicha, logotipni Yoshlar ittifoqining rasmiy hujjatlarida foydalanish uchun tashkilot emblemasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga biroz vaqt sarflangan.

3. Toshkent yuridik kolleji sobiq direktoriga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U besh yilga qamalishi mumkin. Oktabr oyi boshida markaziy televideniye orqali kollej o‘quvchilarining tartibsizliklari va axloqsizliklari ko‘rsatilgandi. 6-oktabr kuni esa mazkur kollejda ikki o‘quvchi kollejdoshi tomonidan pichoqlandi, ulardan biri shifoxonada vafot etdi.

4. Jasur Ibrohimov ishi: Sudlanuvchining otasi marhumning davolanishi uchun 3 million so‘m sarflaganini aytdi. Shuningdek, bu ish doirasida Gabriel o‘rniga Zеmfira paydo bo‘ldi.

5. AQSh “Isroilga qarshi noxolislik” tufayli YuNЕSKO tarkibidan chiqadi. AQShning bu qarori 2018-yil 31-dekabrda kuchga kiradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют