» » Toyota eng qimmat Land Cruiser’ni namoyish etdi

Toyota eng qimmat Land Cruiser’ni namoyish etdi


Toyota kompaniyasi Land Cruiser 200 yo‘ltanlamasining Rossiya bozoriga mo‘ljallangan eng qimmat modifikatsiyasini namoyish qildi. U afsonaviy qirol Arturning qilichi nomi bilan Excalibur deb ataldi. Ushbu versiyaning narxlari Rossiya bozorida 5493000 rubldan boshlanadi, deb xabar qiladi Motor nashri.

Toyota Land Cruiser 200 Excalibur boshqa variantlardan orqa va old bamperlar shakli, radiator panjarasi, 20 dyuymli g‘ildirak disklari, qoraytirilgan svetodiod optika, model emblemasi proyeksiyasi va boshqa narsalar bilan farq qiladi.

Interyer perforatsiyadan o‘tkazilgan (teshikli) qog‘oz bilan qoplangan.

Land Cruiser 200 Excalibur 4,6 litli 309 ot kuchiga ega V8 benzinli dvigateliga ega. 249 ot kuchiga ega 4,5 V8 dizeli bilan ta’minlangan modifikatsiya 5616000 rubl sotilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют