» » Microsoft va Facebook Atlantika tubidan eng baquvvat kabelni o‘tkazdi

Microsoft va Facebook Atlantika tubidan eng baquvvat kabelni o‘tkazdi


Microsoft va Facebook kompaniyalari Atlantika okeani tubidan Marea internet-kabelini o‘tkazdi. U eng baquvvat transatlantik kabel hisoblanadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Simning o‘tkazish quvvati 160 Tbit/sekundni tashkil etadi. Bu uydagi internetning o‘rtacha tezligidan 16 million barobar tezroqdir.

Yangi o‘ta tezkor internet-kabel Bilbao (Ispaniya) va Virginiya-Bichni (AQSh) birlashtirdi.

Kabel keyingi yil boshida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Tarmoq ikki qit’a orasidagi trafikning katta qismini o‘ziga oladi.

Internet-trafikning asosiy qismi hozir okeanlar ostidan o‘tadigan kabellar orqali uzatiladi. Bu kabellarning uzilishi mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning uzilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Jumladan, 2012-yili “Sendi” to‘foni ko‘pchilik kabellarni zararlagani uchun Shimoliy Amerika va Yevropa o‘rtasidagi internet aloqasi bir necha soat davomida uzilib qolgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 00:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют