» » Toshkent viloyatida bir hafta ichida qidiruvda bo‘lgan 15 kishi ushlandi

Toshkent viloyatida bir hafta ichida qidiruvda bo‘lgan 15 kishi ushlandi


Toshkent viloyati IIB tomonidan o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari doirasida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslar ushlanmoqda. Joriy yilning 5-oktabrdan 12-oktabriga qadar viloyat hududida sodir etilgan 113 ta jinoyatdan 104 tasi fosh etildi. Qolgan to‘qqizta o‘g‘rilik jinoyati aybdorlarini qidirib topish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Hafta davomida o‘g‘rilik, qasddan odam o‘ldirish, firibgarlik, qonunga xilof ravishda xorijga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish kabi jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda yurgan 15 nafar shaxs ushlangan.

Joriy yilning 3-oktabr kuni Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur hududda yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan shaxsning uyi gumonlanib tekshirilganda 503,65 gramm “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Chinoz tumanida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahrida yashovchi tanishining ishonchiga kirib, Toshkent tumanida joylashgan 12 sotix yerni “nomingizga rasmiylashtirib beraman”, deb undan 30 ming dollar olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. Jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 00:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют