» » G‘azabga to‘lgan ekologlar Fransiyadagi AESga hujum qildi

G‘azabga to‘lgan ekologlar Fransiyadagi AESga hujum qildi


Greenpeace tashkilotining taxminan 15 nafar faoli Fransiyaning Metz shahridan 40 kilometr shimolda joylashgan “Kattenom” atom elektrostansiyasi hududiga bostirib kirgan. Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.

Hodisa 12-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 05:30 da yuz bergan. Aksiya ishtirokchilari atom obyektlarining yaxshi himoyalanmaganligini ko‘rsatish maqsadida qayta ishlangan yadro yoqilg‘isi saqlanuvchi obyekt oldida mushakbozlik uyushtirgan.

Hodisa joyiga tezda maxsus politsiya bo‘limi yetib kelgan. AES hududiga va inshootlariga kirish hatto stansiya xodimlariga ham taqiqlab qo‘yilgan. Aksiya ishtirokchilarining sakkiz nafari qo‘lga olingan va politsiya bo‘limiga olib borilgan.

Fransiyaning energiya ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektrostansiyalar operatori bo‘lgan EDF kompaniyasining axborotiga ko‘ra, Greenpeace tomonidan qilingan xatti-harakat obyekt xavfsizligiga tahdid qilmagan.

Faollar faqat birinchi to‘siq devoridan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Falokat signali berilganidan keyin sakkiz daqiqa ichida ular qo‘lga olingan. Shuningdek, EDF huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bergan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 05:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют