» » O‘zbekistonda 3D kitoblarni nashr qilish boshlandi

O‘zbekistonda 3D kitoblarni nashr qilish boshlandi


“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida innovatsion texnologiyalar asosida 3D formatli kitoblar chop etila boshlandi. Bu loyiha O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi va “Colar Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, mamlakat noshirlik sohasi uchun yangilik hisoblanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ortiq nashriyot, 1800 ga yaqin matbaa korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ular tomonidan yiliga to‘rt ming nomdan ziyod, umumiy adadi 50 million nusxadan ortiq kitob mahsulotlari nashr etilmoqda.

Adabiyotga salmoqli hissa qo‘shgan adiblarning, ayniqsa, yosh qalamkashlarning asarlarini chop etish ishlari ham doimiy e’tiborda. Masalan, Yozuvchilar uyushmasining “Ijod” fondi tomonidan 2010-yildan buyon “Birinchi kitobim” seriyasida yosh ijodkorlarning 1 million 220 ming nusxada kitobi chop etilgan.

Agentlik, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati, yetakchi nashriyotlar tomonidan aholining kitob mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda yana bir qulaylik yaratildi. Kitob mahsulotlarini nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va ularni pochta orqali kitobxonlarga yetkazib berish bo‘yicha maxsus tizim ishlab chiqildi va u tez kunda ishga tushiriladi.

Joriy yilning noyabr oyida o‘tkaziladigan “Infolib Uzbekistan” milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida turli mavzularda onlayn konferensiyalar tashkil etish orqali aholi, ayniqsa, yosh avlodning kutubxona xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, agentlik tomonidan bugungi bunyodkorlik ishlarini tarix zarvaraqlariga muhrlash, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, xususan, yosh ijodkorlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni” mavzuida badiiy va ijtimoiy-siyosiy asarlar yaratish bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalar loyihasi e’lon qilindi. Ayni kunlarda loyihaga kelib tushayotgan badiiy va ijtimoiy-siyosiy asarlar salmog‘i oshib bormoqda. Ular agentlik tizimidagi nashriyotlar qoshida tuzilgan nufuzli hay’atlar tomonidan baholanib, nashriyotlarning ijtimoiy grantlari asosida chop etiladi va mualliflarga belgilangan tartibda qalam haqi beriladi. Nashriyotlar va mualliflar o‘rtasida tuziladigan shartnomada ijtimoiy grantlar asosida yaratiladigan kitob uchun qalam haqining ma’lum qismini oldindan to‘lash ham belgilangan.

Shuningdek, agentlik tomonidan nashriyotlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirish, noshirlik madaniyati va nashriyotlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, sohada erishilgan yutuqlarni keng ommalashtirish, noshirlar, muharrirlar va texnik muharrirlar, musahhih, rassom-dizaynerlar, matbaachilarni rag‘batlantirish, aholining barcha qatlami, xususan, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Yilning eng yaxshi kitobi” va “Yoshlarning eng sevimli kitobi” kabi ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur tanlovlarda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha nashriyot va matbaa korxonalari ishtirok etishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют