» » Mo‘ynoqda 17—18-oktabr kunlari madaniy festivallar bo‘lib o‘tadi

Mo‘ynoqda 17—18-oktabr kunlari madaniy festivallar bo‘lib o‘tadi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanining ichki va tashqi turizm imkoniyatlarini to‘laqonli ravishda namoyish qilish maqsadida 17—18-oktabr kunlari Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida uchta yirik festival bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu tadbirlar doirasida Qoraqalpog‘iston mehmonlarini I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishtiriladi. Shuningdek, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining simfonik orkestri ijrosida konsert bo‘lib o‘tadi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qashqadaryo viloyati teatrining “Tanka qayiq” nomli spektakli namoyishi etiladi.

Shuningdek, Mo‘ynoq tumanidagi madaniyat va aholi dam olish markazi zalida Berdaq va Ajiniyoz xalq shoirlarning she’riy-musiqiy xalqaro festivali o‘tkaziladi. Festivalda barcha viloyatlardan folklor etnografik jamoalar ishtirok etadi.

Ijodkor yoshlar o‘rtasida adabiyot va san’at kasb yo‘nalishlarida Qoraqalpoq xalq shoirlari Berdaq va Ajiniyoz ijodi mavzusida viloyatlardan qatnashadigan havaskor yosh ijodkor xonanda va jamoalar qatnashadi.

Mo‘ynoq tumanida viloyatlardan va barcha tumanlardan ishtirok etadigan oshpazlar bellashuvida xalqaro “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” gastronomik festivali ham bo‘lib o‘tadi.

Ochiq osmon ostida joylashgan “Kemalar muzeyi” yonida “Orol va Mo‘ynoqning tiklanishi” xalqaro ekofestivali o‘tkaziladi. Ekofestival doirasida umumta’lim maktabi va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari o‘quvchi-yoshlarining “Qushlar bayrami”, “Yer yuzlik suvni qo‘riqlash” ko‘rgazmalari va ekologiya mavzusida “Rasmlar va plakatlar” hamda hunarmandlarning ko‘rgazmalari namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Festivallar yakunida mehmon san’atkorlar ishgirokida gala konsert dasturi namoyish etiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют