» » Nokia 9: ekran chetidagi rom ham, naushnik uchun tirqish ham bo‘lmaydi (video)

Nokia 9: ekran chetidagi rom ham, naushnik uchun tirqish ham bo‘lmaydi (video)


Finlyandiyaning HMD kompaniyasi 2018-yil yanvarida Nokia 2, 7 va 9 nomlari ostida kamida uchta smartfonni taqdim etishi kutilmoqda, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Yaqinda internetda Nokia 9 ning ishonchli manbalardan tarqalgan yangi tasvirlari va videosi paydo bo‘ldi.

HMD’ning bo’lg‘usi flagmani — Nokia 9 tasvirlarini OnLeaks insayderi e’lon qildi. Ular qurilmaning sanoat chizmalariga asoslangan, ammo bu ular 100 foiz aniq degani emas. Shunga qaramay, renderda naushnik uchun tirqishning yo‘qligini payqash mumkin. Nokia 9 3,5 mm audiotirqish o‘rniga, USB Type-C bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari, mish-mishlarga ko‘ra, Nokia 9 5,5 dyuymli (ehtimol qayrilma) displey va orqa paneldagi barmoq izi sensorli datchigiga ega bo‘ladi. Shuningdek, flagman qo‘sh kamerasi va ekran chetidagi ingichka romlari bilan maqtana oladi.

Nokia 9, mish-mishlarga ko‘ra, 749 yevrodan sotuvga chiqadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют