» » Rossiya mudofaa vazirligi AQShning yangi lahzali global zarba majmualari haqida ma’lum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi AQShning yangi lahzali global zarba majmualari haqida ma’lum qildi


Pentagonda lahzali global zarba beruvchi istiqbolli majmualar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili Aleksandr Yemilyanov raketaga qarshi mudofaa masalalari bo‘yicha Rossiya-Xitoy brifingida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

“Yadro bilan jihozlanmagan tarzda, ushbu majmualar bugungi kunda strategik yadro kuchlariga yuklangan vazifalarni bajarishi kerak”, — dedi u.

Mudofaa vazirligi vakili Amerika raketaga qarshi mudofaa tizimini mufassal tahlil qilib, u yaqin kelajakda “sifat jihatidan yangi darajaga” chiqishini aytdi.

Vazirlik fikricha, 2022-yilga kelib, AQSh mingdan ortiq raketaga qarshi qurolga ega bo‘ladi, istiqbolda esa ularning soni Rossiya qit’alararo raketalaridagi jangovar bloklardan ham oshib ketadi.

Rossiya harbiy muassasasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda AQSh raketaga qarshi mudofaasiga 30 ta GBI, 130 ta “Standart-3” raketaga qarshi qurollari va 150 ta raketaga qarshi majmualar jalb qilingan. Shu bilan birga, 60 ga yaqin raketaga qarshi qurollar Yevropaga, 150 tasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga joylashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют