» » CNN Rossiya AQShning ishlariga Pokemon Go yordamida “aralashgani”ni aytdi

CNN Rossiya AQShning ishlariga Pokemon Go yordamida “aralashgani”ni aytdi


CNN telekanali da’vo qilishicha, Rossiya bilan bog‘liq “AQShdagi vaziyatga ta’sir o‘tkazish”ga urinishlar nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki YouTube videoservisi va Pokemon Go o‘yini doirasida ham amalga oshirilgan, deb yozadi “RIA Novosti”.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bunda gap akkauntlari Facebook, Instagram, Twitter, Tumblr ijtimoiy tarmoqlarida va YouTube videoservisida ro‘yxatdan o‘tgan Don’t Shoot Us (“Bizni otmang”) kampaniyasi haqida bormoqda. Kampaniya tashkilotchilari ushbu platformalardan politsiyaning afro-amerikaliklarga nisbatan zo‘ravonliklari bilan bog‘liq ko‘plab holatlarni yoritishda foydalangan.

Kampaniyaning YouTube’dagi barcha videoroliklari donotshoot.us saytiga link bergan, ushbu saytda esa Tumblr’dagi akkauntga asoslanilgan, u esa 2016-yil iyulida Pokemon Go o‘yini bo‘yicha musobaqa tashkil qilgan edi.

Musobaqa ishtirokchilarini politsiya zo‘ravonligi bilan bog‘liq hodisa joylariga yuborishgan, shuningdek, o‘z pokemonlariga halok bo‘lgan afro-amerikaliklarning nomlarini berishni taklif qilishgan.

Rossiyaning ushbu kampaniyaga aloqadorligining isboti sifatida CNN o‘z manbasiga tayangan holda uning Facebook’dagi akkaunti “kremlparast” tuzilma bo‘lmish Internet Research Agency bilan bog‘liq ekanligini keltirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют