» » Pentagon: AQSh Yevropada harbiy kuchlarini oshirishni rejalashtirmayapti

Pentagon: AQSh Yevropada harbiy kuchlarini oshirishni rejalashtirmayapti


Vashington Yevropada harbiy kuchlarini oshirish va Rossiya—NATO asosiy aktini buzishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jonni Maykl ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

U AQSh “shaffoflikka sodiq bo‘lishda davom etishi”ni ma’lum qildi.

“AQSh ‘Atlantika jasorati’ operatsiyasi doirasida rotatsiya asosida har to‘qqiz oyda bronetank brigadasini almashtiradi”, — dedi Maykl.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu “Rossiyaning hududdagi tajovuzkor harakatlari fonida AQShning kollektiv xavfsizlikka sodiqligining oshkora ko‘rinishi” hisoblanadi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov AQShning ikkinchi bronetank brigadasi texnika bilan Polshaga joylashganligini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют