» » Davlat turizm qo‘mitasi va Tojikiston turoperatorlari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Davlat turizm qo‘mitasi va Tojikiston turoperatorlari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi


12-oktabr kungi O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi doirasida “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “Milliy turistik mahsulotni ilgari surish markazi” DUK va Tojikistonning “Oriyent-Adventur” MChJ, “Skay-Tur” va “Rohat-Tur” turoperatorlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

Davlat turizm qo‘mitasi qoshidagi “Milliy turistik mahsulotni ilgari surish markazi” DUK va Tojikiston turoperatorlari milliy turistik xizmatlarni ilgari surish va reklama sohasida birgalikdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakat turistik istiqboli borasida axborot almashuv, milliy turistik brendlarni shakllantirish va ilgari surish, xalqaro turistik bozorlarda Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab transchegara marshrutini birgalikda ilgari surish orqali turizm sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Hamkorlik, shuningdek, umumiy tadbirlar va axborot turlari o‘tkazish, shuningdek, ikki mamlakat qonunchiligiga muvofiq turizm sohasida boshqa muvofiqlashtirilgan tadbirlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют