» » Qanday qilib janjal va nizolardan uzoq yurish mumkin?

Qanday qilib janjal va nizolardan uzoq yurish mumkin?


Yildan yilga odamning ijtimoiy aloqalari soni oshib bormoqda. Biz jonli, onlayn tarzda, telefon orqali munosabatlarda bo‘lamiz. Aloqalarning ko‘pligi odamni charchatadi, uning empatiyasi va boshqa odamni eshitish qobiliyati vaqti-vaqti bilan to‘xtab qoladi. Shu tarzda biz suhbatdoshimizning reaksiyasini o‘tkazib yuboramiz va unga nomunosib javob qaytaramiz.

“Teskari aloqa” termini kibernetikadan kirib kelgan, lekin endi deyarli hamma gumanitar fanlar uni o‘zlaricha ta’riflaydi.

Jamiyatshunoslikda teskari aloqani bir necha odamlar o‘zaro aloqasining bosqichi deb hisoblaydilar. Odam ma’lumotni boshqa odamga uzatadi, qayta aloqa oladi va o‘zining harakatlarini, shu jumladan gaplarini ham tuzatadi.

Bu qanday ishlashini tushunish nima uchun kerak? Janjallar, nizo, tushunmovchiliklardan qutulish uchun.

Faraz qilamiz, siz suhbatdoshingizdan suv keltirishini so‘radingiz. Endi uning javobi — u e’tiroz bildiradi yoki suv olib keladi, yoki rozi bo‘ladi, lekin keyinroq keltirishini aytadi. Bu teskari aloqa bo‘ladi.

Lekin bundan oldin u sizni eshitadimi yoki yo‘qmi? Odam sizni eshitishi va javob berishi uchun uchta shart ishlashi kerak.

Agar u naushnikda musiqa tinglayotgan bo‘lsa yoki qulog‘i yaxshi eshitmasa, sizning iltimosingiz javobsiz qoladi.

Agar siz charchagan bo‘lsangiz va o‘zingiz suv quya olmasangiz, sizning iltimosingiz — bu kuchsiz odamning kuchli oldidagi deyarli yolvorishi bo‘ladi.

Bir yoshga kirmagan bola bizning iltimosimizni eshitadi, lekin javob bera olmaydi. Katta odamlar yaxshi ahvolda va kayfiyatda bo‘lishi kerak.

Manba: Rambler Weekend

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют