» » O‘zbekiston mudofaa vaziri Dushanbeda Sergey Shoygu bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Dushanbeda Sergey Shoygu bilan muzokaralar o‘tkazdi


O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Dushanbeda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari mudofaa vazirlari majlisidagi ishtiroki davomida rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Sergey Shoygu uchrashuv davomida O‘zbekiston va Rossiya harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan salmoqli ishlarni olib borayotgani, buni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish zarurligini bildirdi.

“Afg‘onistonda kuchayib borayotgan beqarorlik tug‘dirayotgan tahdidlar xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasida yaqin hamkorlikka chorlamoqda”, — dedi Sergey Shoygu.

Rossiya mudofaa vaziri mazkur uchrashuv xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish va ikki davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashiga umid bildirdi.

Abdusalom Azizov O‘zbekiston barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish, Hamdo‘stlikning janubiy chegaralari mudofaasini ta’minlashga tayyorligi, bundan chetda turmasligini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют