» » Sutli choy, murabboli non va boshqalar: birga yeyish mumkin bo‘lmagan oziq-ovqatlar

Sutli choy, murabboli non va boshqalar: birga yeyish mumkin bo‘lmagan oziq-ovqatlar


Biz hech o‘ylab ko‘rmasdan oziq-ovqatlarning birini boshqasi bilan birga yeyishga va ichishga o‘rganib qolganmiz.

Lekin nimani nima bilan birga yeyish kimyoviy jihatdan katta ahamiyatga ega, chunki oziq-ovqatlar yoki bir-birini mukammal tarzda to‘ldiradi, yoki organizmga nisbatan zararli ta’sirini kuchaytiradi.

Birikishlarning ba’zilari qondagi shakar miqdorini ancha oshirish yoki me’daning buzilishini keltirib chiqarish xususiyatiga ega.

Sutli choy

Choy yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlarga boy. Lekin unga hatto bir tomchi sut qo‘shilsa ham, hamma foydali xususiyatlari yo‘qoladi.

Gap shundaki, sutdagi oqsil antioksidantlar bilan bog‘lanadi va ularning organizmga so‘rilish imkoniyatini butunlay yopib qo‘yadi. Bundan tashqari, choydagi kofein kalsiyning absorbsiyalanishini yo‘qotadi va shu tufayli siz sutdan odatdagi kalsiy dozasini ololmaysiz.

Murabbo bilan oq non

Sovutgichda hech narsa bo‘lmagan paytlarda juda qo‘l keluvchi bu an’anaviy yeguliklar ham ko‘ringanidek foydali emas ekan. Nonda ham, murabboda ham bo‘lgan tez uglevodlar boshqa oziq-ovqatlarga qaraganda jadalroq sur’atlarda qondagi shakar miqdorini oshirib yuboradi. Agar bu ikki tez uglevodlar manbai birga qo‘shilsa, bu jarayon fojiaga aylanishi mumkin.

Yog‘siz ziravor va pishloqli salat

Agar siz salat tarkibidan yog‘li oziq-ovqatlarni butunlay chiqarib tashlasangiz, u holda sabzavotlardan kerakli miqdordagi foydali moddalarni ololmaysiz. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, karotinoidlar – saraton va yurak-tomir kasalliklari xavfining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘simlik pigmentlari yog‘ bilan birga qo‘shilgandagina yaxshi hazm bo‘lar ekan.

Spirtli ichimliklar va kofein

An’anaviy vaziyat: kechki ovqat mahali bir-ikki piyola vino ichasiz, uyqungiz kela boshlaydi va siz tetiklashish uchun bir piyola qahva ichasiz. Bu juda zararli. Chunki siz qahvadan oladigan energiya spirtli ichimliklar intoksikatsiyasini yashiradi va bu sizga o‘z holatingizni nazorat qilishga imkon bermaydi.

Manba: “Heroine.ru”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют