» » AQShning Florida shtatida Zika virusini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi

AQShning Florida shtatida Zika virusini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi


AQSh sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari Florida shtatida 2017-yilda chivindan Zika virusini yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

Manate okrugida yashovchi er-xotin Kubaga borgan va ulardan biri o‘sha yerda Zikani yuqtirgan.

Juftlik uyga qaytgach, virusni yuqtirgan shaxsni mahalliy chivin chaqqan. Shundan so‘ng chivin uning juftini ham chaqqan va unga ham virusni yuqtirgan.

Amaldorlar Floridaning boshqa hududlarida virusning faol tarzda tarqalish holatlarini isbotlovchi dalillar yo‘qligini qayd etgan.

2016-yilda Floridada Zika virusini yuqtirish bilan bog‘liq 296 ta holat qayd etilgan.

Zika virusini yuqtirgan kattalarda nisbatan yengil simptomlar kuzatiladi. Biroq homiladorlik paytida virusni yuqtirgan ayollardan tug‘ilgan bolalarda jiddiy nuqsonlar kelib chiqishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют