» » Shavkat Mirziyoyev Vyetnam prezidentiga mamlakatdagi toshqinlar sabab hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Vyetnam prezidentiga mamlakatdagi toshqinlar sabab hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnamdagi vayronkor toshqinlar munosabati bilan prezident Chan Day Kuangga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnamning shimoliy va markaziy mintaqalarida vayronkor toshqin yuz berib, ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Vyetnam prezidenti Chan Day Kuangga ta’ziya izhor etdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Vyetnamning markaziy va shimoliy qismida o‘tgan haftada kuchli suv toshqinlari boshlangan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqinlar oqibatida 54 kishi halok bo‘lgan, 39 bedarak yo‘qolgan.

Tabiiy ofat Vyetnamning yettita provinsiyasida kuzatilmoqda. 34 mingga yaqin uylar suv ostiga g‘arq bo‘lgan, 22 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekinlari zararlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют