» » “Oltin qalam” mukofoti britaniyalik muallifga topshirildi

“Oltin qalam” mukofoti britaniyalik muallifga topshirildi


O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XII milliy mukofoti xalqaro tanlov hay’atining qaroriga binoan Buyuk Britaniyaning yetakchi nashriyotlaridagi qator turizm va sayyohlikka bag‘ishlangan maqolalar va “Samarqand” kitobining muallifi Karolin Pinkka (Eden) tantanali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, Britaniya turistlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini qondirish, qadimiy tarixini, me’morchilik va boshqa diqqatga sazovor joylarni ommalashtirishga qaratilgan ahamiyatli hissasi uchun mukofotlangan.

Karolin Eden o‘zining faoliyatiga e’tibor qaratgani uchun mukofot tanlov hay’atiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning o‘ziga xos madaniyati va boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish, uning xalqlar o‘rtasidagi muloqotni, umuman olganda, jahon sivilizatsiyasini rivojlanishiga hissa qo‘shgan Buyuk ipak yo‘lini shakllanishidagi o‘rniga Britaniya va G‘arb jamoatchiligining qiziqishi ortayotganini alohida ta‘kidladi.

“So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, shuningdek, mamlakatning jahonda turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor O‘zbekiston sayyohlik olamida o‘z o‘rnini egallashga intilayotganini ko‘rsatadi”, — dedi Karolin Eden.

Yozuvchi O‘zbekistonga bo‘lgan alohida munosabati va “Samarqand” kitobini nashr etishdagi muvaffaqiyatini inobatga olib, kelgusi yili “Dasturxon” deb nomlangan yangi kitob yozishni rejalashtirmoqda. Ushbu kitob O‘zbekistonning noyob an’analari va tarixiga bag‘ishlanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют