» » Avtoraqam eng qimmat raqamlar haqidagi ma’lumotlar nega yashirilganini tushuntirib berdi

Avtoraqam eng qimmat raqamlar haqidagi ma’lumotlar nega yashirilganini tushuntirib berdi


5-sentabr kuni ishga tushirilgan, chiroyli avtomobil davlat raqamlarini sotish bilan shug‘ullanadigan Avtoraqam onlayn-auksioni bir oy ichida bir necha yuz avtoraqamning sotilishiga ko‘mak berdi, deb yozadi RePost nashri.

Bir oydan kamroq vaqt ichida sotilgan avtoraqamlarning umumiy qiymati 1,3 milliard so‘mni (160 ming dollar) tashkil qilgan edi. Ammo bir necha kun muqaddam sotilgan davlat raqamlari haqidagi ma’lumot saytda yashirib qo‘yildi. Auksion tugashi bilan lot haqidagi ma’lumot yopib qo‘yiladigan bo‘ldi. Nihoyat, saytdan eng qimmat avtoraqamlar reytingi olib tashlandi.

Bu borada auksion vakillari nashrga quyidagicha tushuntirish berdi:

“Bundan buyon bu ma’lumot maxfiy sanaladi. Biz xaridorlar tomonidan ko‘p miqdorda murojaatlar oldik, ular raqamlar haqidagi ma’lumotlarni yashirishni so‘radi. Shu bois, agar auksion ishtirokichisi bo‘lmasangiz, bu axborot ko‘rsatilmaydi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют