» » Gruziya parlamenti prezident vetosidan o‘tib, yangi konstitutsiyani ma’qulladi

Gruziya parlamenti prezident vetosidan o‘tib, yangi konstitutsiyani ma’qulladi


13-oktabr kuni Gruziya parlamenti navbatdan tashqari yig‘ilish chog‘ida prezident tomonidan yangi konstitutsiya loyihasiga o‘rnatilgan vetoni (taqiqni) yengib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Ovoz berishda muxolif fraksiyalar vakillari ishtirok etmadi, ular zalda “Oyoqosti qilingan konstitutsiya” deb yozilgan plakat ko‘tarib chiqdi.

Prezident Georgiy Margvelashvili parlamentga o‘z tuzatishlarini yo‘lladi, negaki yangi konstitutsiyani jamoatchilik va muxolifat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan deb hisoblagan edi. Margvelashvili, agar parlamentdagi ko‘pchilik uning fikriga qo‘shilsa, mamlakatda “murosa hujjati” bo‘lishini ta’kidladi.

Yangi konstitutsiya Gruziyaning parlament respublikasiga aylantiradi va prezident vakolatini sezilarli darajada qisqartiradi. Konstitutsiya bir yildan so‘ng, prezident saylovidan so‘ng kuchga kiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют