» » OAV: Iroqdan mingga yaqin jangari suriyalik terrorchilarga yordamga keldi. Ularning asosiy qismi o‘zbek, tojik va turkmanlar

OAV: Iroqdan mingga yaqin jangari suriyalik terrorchilarga yordamga keldi. Ularning asosiy qismi o‘zbek, tojik va turkmanlar


IShID terrorchi guruhining mingga yaqin qurollangan jangarisi Suriyada o‘rnashgan ekstremistlarga yordam berish uchun bu mamlakatga o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, oxirgi bir necha kun ichida jangarilar Iroqdan Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatiga o‘tgan. Mahalliy terrorchi to‘dalar bilan kelishgan holda ular al-Mayadin shahri yaqinida o‘rnashishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Iroq hududidan Dayr az-Zavrga o‘tgan jangarilar arablardan emas, asosan boshqa millat vakillari, shu jumladan, o‘zbeklar, tojiklar va turkmanlardan tuzilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют