» » Yerning egizaklarini yeb qo‘ygan yulduz topildi

Yerning egizaklarini yeb qo‘ygan yulduz topildi


Priston universitetining astronomlar jamoasi Kronos deb nomlangan HD 240430 yulduzini aniqladi. Obyekt tarkibining kimyoviy tahlili yulduz tomonidan yer tipidagi sayyoraning yutib yuborilganini ko‘rsatgan. Bu haqda Phys.org tomonidan ma’lum qilindi.

HD 240430 boshqa bir HD 240429 yulduzi bilan birga qo‘sh yulduzlar tarkibiga kiradi. Bu tizim Yerdan 350 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Yulduzlarning yoshi qariyb to‘rt milliard yil bo‘lib, ular Quyosh bilan bir xil tipga taalluqli.

Tadqiqotchilar Kronosda magniy, alyuminiy, kremniy, temir, xrom va ittriy kabi minerallarniny noodatiy yuqori darajasini aniqlagan. Kislorod va azotning miqdori nisbatan kam bo‘lgan. HD 240430 da yuqori haroratda qotishi mumkin bo‘lgan moddalar aniqlangan. Odatda bu moddalar Yer tipidagi sayyoralar tarkibiga kiradi.

Tadqiqotchilarning hisoblashicha, hayot hosil qiluvchi moddalarning ko‘rinadigan miqdori hosil bo‘lishi uchun Kronos qariyb 15 mingta qoyali sayyorani yutishi kerak bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют