» » O‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurolni topshirgan shaxs belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi

O‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurolni topshirgan shaxs belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining 28-sentyabrdagi buyrug‘i bilan muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi modda va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma’ga tayanib, Uz24 xabar berdi.

Mazkur qoidalar O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan (ya’ni noqonuniy muomalada bo‘lgan) o‘qotar qurolni, uning o‘q-dorilarini, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasiga muvofiq o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.

Shaxsning o‘zi qurolni topshirish haqida ichki ishlar organlariga murojaat qilsa, u qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi. Agar shaxs tintuv jarayonida yoki unda qurol borligi haqida dalillar keltirilishi natijasida uni topshirish to‘g‘risidagi qarorga kelsa, u qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan hisoblanmaydi. Demak, bunday shaxs javobgarlikka tortiladi.
Qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirishga istak bildirgan shaxs qurol saqlanayotgan joy bo‘yicha hududiy ichki ishlar organiga yoki profilaktika inspektoriga og‘zaki yoki yozma ariza bilan murojaat qiladi.

Hujjatda qurolning ichki ishlar organlari tomonidan qabul qilib olinishi tartibi batafsil bayon etilgan.

O‘z ixtiyori bilan qurol topshirilgan har bir holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 329 va 330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruv o‘tkaziladi. Hujjat 2017-yil 30-dekabrdan kuchga kiradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-10-2017, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют