» » Shavkat Mirziyoyev Majburiy ijro byurosi rahbariyati hisobotini tingladi

Shavkat Mirziyoyev Majburiy ijro byurosi rahbariyati hisobotini tingladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-oktabr kuni sanoat va ijtimoiy soha obyektlari, aholini tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bu boradagi qarzdorlikni bartaraf etish, ushbu yo‘nalishdagi amaliy chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati va tegishli mutasaddilar hisoboti tinglandi, deb xabar berdi O‘zA.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh prokurori, “O‘zbekenergo”, “O‘ztransgaz” kompaniyalari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Asosiy e’tibor, avvalo, aholi, ishlab chiqarish obyektlari, ijtimoiy muassasalarni tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bu boradagi to‘lovlarning amalga oshirilishi, bugungi holat va muammolarga qaratildi.

Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan sohadagi ishlar tubdan takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

Majburiy ijro byurosining faoliyati natijasida joriy yilning iyun-sentabr oylarida 5 trillion 400 milliard so‘m qarzdorlik undirildi. Uning 3 trillion 400 milliard so‘mi elektr energiyasi, 2 trillion so‘mi tabiiy gaz hisobiga to‘g‘ri keladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari bunday natijalarga erishish imkonini bermoqda. O‘tgan davrda davlat budjetiga 171 milliard so‘m zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 182 jinoiy holat aniqlangan va ularga nisbatan tegishli choralar qo‘llanilgan.

Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ayrim sohalar rahbarlarining ishga sovuqqon munosabati, hamon uchrayotgan eskicha qarashlar mamlakat taraqqiyoti va aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, bunday holatlarga o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rish, ishni tashkil etishda yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etib borish vaqti kelganini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют