» » Ukraina Saakashviliga siyosiy boshpana berishdan bosh tortdi

Ukraina Saakashviliga siyosiy boshpana berishdan bosh tortdi


Gruziyaning sobiq prezidenti, ukrainalik muxolif siyosatchi, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili mamlakat Davlat migratsiya xizmati unga qo‘shimcha himoya taqdim etishdan bosh tortganini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Ular javob berishdan bosh tortmoqda. Muxlatlar o‘tib ketdi”, — dedi u Kiyevda o‘tkazgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, u Ukraina fuqaroligini yangilash uchun sudga da’vo kiritishini ta’kidladi.

3-oktabr kuni Saakashvilining advokati Markiyan Galabala siyosiy boshpana so‘rash atrofidagi vaziyatga izoh bergan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, Saakashvili Ukraina fuqarosi bo‘lgani uchun gap aslida qo‘shimcha himoya taqdim etilishi haqida ketmoqda.

“Fuqaroga qo‘shimcha himoyaning va siyosiy boshpana taqdim etilishining so‘ralishi mohiyatan bir narsadir. Faqat odatda maishiy hayotda ko‘proq siyosiy boshpana so‘zi ishlatiladi”, — dedi yurist.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют